Xitoy banklari ruscha ismli kishilardan pul qabul qilmayapti

Jahon 09:24 / 02.09.2024 3975

Xitoyning bir qator banklari «agar to‘lov hujjatlarida ruscha nomlar ko‘rsatilgan bo‘lsa», mablag‘larni qabul qilishdan bosh tortmoqda, deb yozadi «Izvestiya» gazetasi 2 sentabr, dushanba kuni biznesmenlar va manbalarga tayanib.

«Pervaya Gruppa» AJ bosh direktori Aleksey Poroshin nashrga ma’lum qilishicha, ruscha ismli shaxslar uchun pul o‘tkazmalarini amalga oshirish rad etilayotgani sababli importchilar uchinchi shaxslar orqali hujjatlarning to‘liq to‘plamini tayyorlashga majbur bo‘lmoqda. Buni «Izvestiya»ga «Impaya Rus» kompaniyasining tijorat direktori Aleksey Razumovskiy tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hatto sanksiyaga duchor bo‘lmagan ruscha nomlar, Rossiya Federatsiyasi bilan har qanday aloqalar va hatto kirill alifbosidagi yozuvlar ham to‘lovni bekor qilish uchun asos bo‘lishi mumkin.

«Izvestiya»ning Razumovskiyga tayanib yozishicha, Xitoy banklari «ikkilamchi cheklovlardan qo‘rqishadi» va shuning uchun «Rossiya biznesi bilan munosabatlarda nol ishonchdan foydalanishyapti hamda har qanday tahdidni bartaraf etishga harakat qilishyapti». 

Rossiya va Xitoy 30 yil ichida birinchi marta barterga o‘tishi mumkin
 
Rossiya va Xitoy Ukrainaga qarshi hujum uchun Rossiyaga nisbatan sanksiyalar doirasida AQSh tomonidan nazorat qilinadigan bank tizimlaridan foydalanishni cheklash uchun qariyb 30 yil ichida birinchi marta barter savdo sxemalariga o‘tishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi savdo va to‘lovlar sohasidagi uch manbaga tayanib xabar berdi. 

Rossiya Federatsiyasi barter savdosi qoidalarini ishlab chiqmoqda va agentlik tomonidan so‘ralgan rus manbalari Xitoy ham shunday qilmoqda, degan taxminda.

Ko‘proq yangiliklar: