Buyuk Britaniyada firibgarlarni aldovchi “neyron buvi” ishga tushirildi

Jahon 14:28 734

Britaniyada O2 mobil aloqa operatori Deyzi ismli neyro-buvini taqdim etdi. U firibgarlarning qo‘ng‘iroqlarini tutib, jinoyatchining vaqtini behuda sarflaydigan buvi rolini o‘ynaydi.

Firibgar biror abonentga qo‘ng‘iroq qilganida, operator chaqiruvni Deyziga yo‘naltiradi. So‘ngra “raqamli buvi” firibgarni gapga soladi: gaplarini uzoq o‘ylab o‘tiradi, noto‘g‘ri SMS-kodlarni aytadi, javoblarni chalkashtiradi va boshqa usullar bilan firibgarning g‘azabini qo‘zg‘ashga urinadi.

O2 ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlar ko‘pincha nafaqaxo‘r ayollarga qo‘ng‘iroq qiladi, chunki ularni aldash osonroq. Shu sababli, jinoyatchilar sun’iy intellekt bilan suhbatlashayotganini sezmay qolishi va 40 daqiqadan ko‘proq vaqtni “neyron buvi” bilan gaplashishga sarflashi mumkin. Ular kampir zarur ma’lumotni (SMS-kod yoki bank kartasi ma’lumotlari) tez orada aytib berishiga ishonadi, biroq suhbat oxirida qattiq g‘azablanib, birinchi bo‘lib go‘shakni qo‘yadi.

Telefon firibgarlari butun dunyoda bir xil usulni qo‘llaydi. Ular o‘zlarini davlat idoralari, banklar, soliq xizmati yoki politsiya xodimlari sifatida ko‘rsatib, telefonga kelgan bir martalik kodlarni aytishni, soliq qarzlarini to‘lashni yoki mablag‘larni “himoyalangan hisob raqamlarga” o‘tkazishni so‘raydi.

Ekspertlar jinoyatchilar ham raqamli usuldan foydalanishi mumkinligidan xavotirda. Ular keksalarning nabirasi, o‘g‘li yoki boshqa qarindoshi ovoziga o‘xshash sun’iy intellekt agentlarini yaratishi mumkin. Bunday holda, qurbon soxta yaqini nima desa, shuni so‘zsiz bajaradi.

Ko‘proq yangiliklar: