Ukrainada o‘quv parvozi vaqtida Mi-2 vertolyoti halokatga uchradi

Jahon 14:17 / 02.09.2024 2006

Ivan Kojyedub nomidagi Ukraina havo kuchlari Xarkiv milliy universitetining o‘quv-aviatsion brigadasida Mi-2 vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda 1 sentabr kuni universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa o‘quv-mashg‘ulot parvozi vaqtida sodir bo‘lgan.

Ikki kishidan iborat havo kemasi ekipaji halok bo‘ldi.

Voqea joyida tergovchilar, soha ekspertlari va Ukraina mudofaa vazirligining maxsus komissiyasi mutaxassislari ishlamoqda.

Avvalroq Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi F-16 halokati va uchuvchining o‘limi haqida xabar bergan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: