Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

O‘zbekiston 12:04 2384

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 18 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 19-20 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19-20 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 20 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19-20 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8, kunduzi +14...+19, Navoiy viloyatining shimolda kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 18 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8, kunduzi 18 noyabrda +14...+19, 19-20 noyabrda +12...+17 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+9, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18-19 noyabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 noyabrda kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15, 19-20 noyabrda kechasi +2...+7, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: