Sirdaryo viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlik sub’yekti aniqlandi, «O‘zenergoinspeksiya» xabariga ko‘ra, tashkilotning viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda Yangiyer shahrida joylashgan «Y-Z.E.» MChJga qarashli qurilish materiallari ishlab chiqarish binosi ko‘zdan kechirilgan.
Aniqlanishicha, korxona hisoblagichsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Oqibatda gaz ta’minoti korxonasiga 5 milliard 25 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.