Rossiyadan 45 nafar o‘zbekistonlik migrant deportatsiya qilinadi

Jahon 21:36 / 02.09.2024 8596

Moskva yaqinidagi Pushkino shahrida «Ozon» omborida o‘tkazilgan reyddan so‘ng 120 nafar noqonuniy migrant Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Politsiya tezkor-profilaktika tadbirini 11 iyul kuni o‘tkazgan edi, deb xabar berdi «Tsargrad».

Huquq-tartibot idoralari xodimlari hujjatlarni tekshirish uchun bozor omboriga borganda 120 nafar ishchi Rossiyada noqonuniy yurgani ma’lum bo‘lgan.

45 nafar migrant O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib chiqqan, 29 nafari Tojikistondan, qolganlari esa Ozarboyjon, Jazoir, Angola, Benin, Gambiya, Gvineya, Zambiya, Hindiston, Kamerun, Kongo, Marokash va Siyerra-Leonedan kelgan.

Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 322-moddasi («Noqonuniy migratsiyani tashkil etish») bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Migrantlar xorij fuqarolari uchun vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Ulardan 32 nafari allaqachon Rossiyadan chiqarib yuborilgani ta’kidlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: