Muloqot chog‘ida joriy yil 16-21 oktyabr kunlari Toshkent shahri, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Kuvayt biznes-forumlari natijalari yuqori baholandi. Ushbu yo‘nalishdagi aloqalarni yanada jadallashtirish ikki mamlakat tadbirkorlari uchun ham manfaatli ekani qayd etildi.
Tomonlar Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari xususida fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida, shuningdek, kuvaytlik investorlar ishtirokida O‘zbekiston hududlarida, xususan Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi.