NASA olimlari Yerga yaqin fazoda quyosh yelkanini yoyish bo‘yicha urinishi muvaffaqiyatli amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yangi texnologiyaning sinovi 2023 yil aprelda uchirilgan Advanced Composite Solar Sail System (ACS3) bortida amalga oshirilgan.
Quyosh yelkanining o‘lchami tennis kortining yarmidek keladi — u 80 metr kvadratli polotno shaklida qurilma. Yelkan materiali fotonlarni tutib qolishga mo‘ljallangan. Fotonlarning massasi bo‘lmasada, ular obekt bilan to‘qnashuvda impuls hosil qilishi mumkin.
ACS3 kosmik kemasi bir necha hafta davomida sinovlar olib boradi, bu esa jamoaga yelkanning kosmosdagi manyovrchanligini kuzatish imkonini beradi.
Orbitani ko‘zdan kechirish asnosida tadqiqotchilar quyosh yelkanlari bilan jihozlanadigan kelajakdagi missiyalarni loyihalash va boshqarishda aniqroq tasavvurga ega bo‘ladi.
«Tajribalar davomida olingan ma’lumotlar kosmik ob-havodan ogohlantiruvchi, asteroidlar razvedkasini olib boradigan sun’iy yo‘ldoshlarga o‘rnatiladigan yirik quyosh yelkanlarini loyihalashtirishga xizmat qiladi», — deyiladi missiya xabarida.
Orbitaga joylashtirilgan kosmik apparat balandligi Xalqaro kosmik stansiyadan qariyb ikki barobarga katta. Quyosh yelkaniga o‘rnatilgan kameralar yordamida olingan suratlar 4 sentabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.