Germaniyaning sharqiy qismidagi Turingiya federal yerida Landtag (yer parlamenti)ga saylovlarda o‘ta o‘ng «Germaniya uchun muqobil» (GuM) partiyasi g‘alaba qozondi.
Buni Germaniyaning ARD jamoat televideniyesining ekzitpol ma’lumotlari tasdiqlaydi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, «Germaniya uchun muqobil» 30,5 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.
Shu tariqa, urushdan keyingi tarixda birinchi marta o‘ta o‘ng partiya Germaniyada yer saylovlarida birinchi o‘rinni egalladi.