Ispaniyaning Iberojet aviakompaniyasi Madrid — Toshkent va Madrid — Urganch yo‘nalishlari bo‘yicha charter yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘ymoqda.
Toshkentga birinchi reys 2024 yil 2 sentabrga, Urganchga — 2024 yil 8-sentabrga belgilangan.
Parvozlar ikki haftada bir marta Airbus A330 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Iberojet — bosh qarorgohi Madridda joylashgan yo‘lovchi charter reyslarini amalga oshirishga ixtisoslashgan Ispaniya aviakompaniyasi.