Rossiya poytaxti Moskva shahrining Basmanniy sudi dastlabki tergov organlarining «Krokus Siti Xoll»da terrorchilik harakatini sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarni hibsda saqlash muddatini uzaytirish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi.
«Dalerjon Mirzoyev, Saidakram Rajabalizoda, Shamsidin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ilgari tanlangan ehtiyot chorasi 2025 yil 22 fevralgacha uzaytirilsin», deyiladi sud qarorida.
Mahkama yopiq eshiklar ortida o‘tdi.
Avvalroq, bu ayblanuvchilarning hibsda qolish muddati 22 noyabrgacha uzaytirilgan edi.
Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi terakt 22 mart kuni sodir bo‘ldi, hujumchilar binodagi odamlarga qarata avtomatlardan o‘q uzdi va zalga o‘t qo‘ydi. Oqibatda 145 kishi halok bo‘ldi. Terakt sodir etganlikda gumonlanayotgan to‘rt nafar yigit 23 mart kuni Bryansk viloyatida qo‘lga olindi. Ular Tojikiston fuqarolari ekani ta’kidlanmoqda.