Daily Mirror jurnalisti Rayan Teylorning yozishicha, Fransiya chempionatida yorqin o‘yinlari bilan ajralib turgan o‘zbekistonlik 20 yoshli futbolchiga «PSJ» hamda «Real» ham qiziqish bildirgan, ammo bu klublar «Manchester Siti» bilan transfer kurashiga qo‘shilishni xohlamagan.
Qayd etilishicha, Abduqodir Husanov ham uning transferini shaxsan Pep Gvardiola ma’qullaganini bilgach, faqat «Manchester Siti»ga o‘tishni istagan.
Manba xabariga ko‘ra, Husanovning Buyuk Britaniyaga ishlash huquqini beruvchi vizasi tayyor bo‘lgan va u juma kuni Fransiyadan Angliyaga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Siti» Husanov uchun «Lans»ga 33,75 mln funt (40 mln yevro) sterling to‘laydi. Unga Manchester klubidan tashqari, Angliyaning «Nyukasl», «Vest Hem», «Everton» klublari ham qiziqish bildirgan edi.