Tanzila Norboyeva Belarus Milliy majlisi kengashi raisi Natalya Kochanova bilan uchrashdi

O‘zbekiston 16:41 / 27.08.2024 3782

Muloqot chog‘ida har ikki davlat rahbarlarining  o‘zaro do‘stona munosabatlari tufayli O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi aloqalar yuksalayotganligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, ta’lim va fan, xotin-qizlar tadbirkorligi, sog‘liqni saqlash sohalarida  tajriba almashinuvini kengaytirish, hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.

Davlatlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlament nazoratini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Yoshlar parlamentlari hamda do‘stlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish, parlamentlararo komissiyani tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar rejasi - «yo‘l xaritasi» imzolandi.

Ko‘proq yangiliklar: