BMW birinchi marta Yevropada elektromobillar savdosi bo‘yicha Tesla’dan o‘zib ketdi

Fan-texnika 23:09 / 22.08.2024 5533

Germaniyaning BMW avtomobil ishlab chiqaruvchisi Yevropada elektromobillar savdosi bo‘yicha ilk bor Amerikaning Tesla kompaniyasidan o‘zib ketdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Tahlilchilarning fikricha, Yevropa Ittifoqida BMW elektromobillari savdosi 2024 yil iyulida qariyb 33 foizga oshib, 14 869 donaga yetgan. Shu bilan birga, Tesla sotuvi 16 foizga kamayib, xuddi shu davrda 14 561 donani tashkil etdi.

Agentlik ta’kidlaganidek, bu Yevropa kompaniyasining elektromobillar savdosi bo‘yicha birinchi marta Tesla’dan o‘zib ketishidir.

Shunga qaramay, Tesla yil davomida elektromobil yetkazib berish bo‘yicha hamon yetakchilik qilmoqda - 178 700 ta. BMW esa 97 525 ta.

Tesla so‘nggi oylarda butun dunyo bo‘ylab ta’minotning qisqarishini qayd qilmoqda. 2 iyul kuni kompaniya hisobotini e’lon qildi, unda 2024 yil ikkinchi choragida ta’minot hajmi deyarli 5 foizga kamayganini ko‘rsatgan. Bu davrda Tesla 443 956 ta avtomobil sotdi, bu o‘tgan yilgi 466 140 donadan kam.

Ko‘proq yangiliklar: