Tadqiqotchilar bosh miya to‘qimalarida mikrolastik zarralari borligini aniqladi

Jahon 23:23 / 16.09.2024 2902

Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, inson jasadlarining burun to‘qimalarida mayda plastik parchalari va tolalar topildi, deb xabar beradi CNN.

Mikroplastik zarralari hid bilish ildizidan — miyaning hidlarni ajratishga javob beradigan qismida aniqlangan. «Bu yergan tushgan zarralar miyaning boshqa sohalariga ham tarqalishi mumkin», — deydi Berlin universitetining mikoplastika bo‘yicha tadqiqotchisi Luis Fernando Amato-Lourenso.

Olimning qo‘shimcha qilishicha, mikroplastik zarralari o‘lchami juda kichik bo‘lgani bois bosh va orqa miyani tashqi ta’sirdan himoyalab turuvchi membrana — gemato-ensefalik barerdandan o‘tib ketishga qodir.

«Bu haqiqatda qiziq tadqiqot. O‘ylaymanki, plastik tanamizning har bir qismida mavjud. Bu shunchaki hozircha isbotlanmadi», — deydi Ratgers universitetining farmakologiya va toksikologiya kafedrasi dotsenti Fibi Steplton.

Yaqinda o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlar inson miya to‘qimalarida, moyaklar, qon, o‘pka va jigar, siydik va najas, ona suti va yo‘ldoshda mikroplastik hamda nanoplastiklar topilgan. Mart oyida o‘tkazilgan tadqiqot uyqu arteriya to‘qimalarida mikroplastik yoki nanoplastik mavjud odamlarning keyingi uch yil ichida yurak xuruji, insult yoki har qanday sababdan o‘limga duchor bo‘lish ehtimoli ikki baravar yuqori ekanini ko‘rsatgan.

JAMA Network Open jurnalida e’lon qiligan yangi tadqiqotda keltirilishicha, 15 nafar murdaning sakkiztasini nafas olish organidan topilgan mikroplastiklar o‘lchami 5,5 mikrometrni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, inson soch tolasining qalinligi 80 mikrometrga teng.

Ko‘proq yangiliklar: