Qora dengizning oligarxlar yaxtalari turadigan hududida GPS-signallarni to‘sib qo‘yish boshlandi

Jahon 00:17 / 17.09.2024 4988

Qora dengiz sohilida joylashgan Gelenjik ko‘rfazi suvlariga kirish yaqinida kutilmaganda GPS-signallarni to‘sib qo‘yish boshlandi.

MarineTraffic sayti ma’lumotlariga ko‘ra, bir nechta kema ko‘rfaz kirish joyida aylana bo‘ylab harakatlanishga tushgan. Taxlilchilarning yozishicha, kemalarning kutilmaganda bunday harakatlanishi ushbu hududda GPS-signallarni to‘suvchi tizim ishga tushirilganini anglatadi. 

Navigatsiya xaritalarini o‘rgangan The Inseder yuqoridagi taxminlarni tasdiqladi. 133-sonli buy (suvda sayozlikni ko‘rsatuvchi belgi) kanallarni kovlash jarayonida olingan tuproqlar tashlangan joyni ko‘rsatadi. Uning chuqurlikni ko‘rsatishdan boshqa funksiyasi yo‘q, ammo undan signallarni to‘sishga yordam beradigan qurilmalarni o‘rnatishda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. 

Joriy yilning yozida Gelenjik sohilida elita qatlam uchun «Gelenjik Marina» kurort majmuasini qurish boshlangan edi. Majmua qurlishi yakunlangach uning ichidan bog‘ va 300 ta yaxtaga mo‘ljallangan dengiz manzarasi o‘rin oladi. Kurort zonadagi bog‘ning maydoni 3,7 gektarga yetadi, shuningdek, majmuada 400 tomoshabinga mo‘ljallangan suv tomoshalari teatri, 600 kishilik mehmonxona, bolalar uchun ko‘ngilochar markazi joylashadi. Loyihani uch yil ichida yakunlash rejalashtirilgan va u ushbu mintaqada so‘nggi yillarda qurilgan eng yirik kurort obektga aylanishi kutilmoqda.

«Gelenjik Marina» majmuasi «Putin saroyi»dan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi 2021 yilda ushbu qarorgohning qiymatini 100 milliard rublga baholagan edi. Majmua qurilishi Oleg Deripaska bilan bog‘liq tuzilmalarga tegishli kompaniyalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Tadbirkor infratuzilma loyihalariga yirik sarmoya kiritishi, shuningdek, mamlakat rahbariyatiga yaqinligi bilan tanilgan.

Ko‘proq yangiliklar: