Ramzan Qodirov pulemyot o‘rnatilgan Tesla Cybertruck'da ko‘rinish berdi
Checheniston rahbari elektropikapning manyovrchangligini maqtab, uni «Ukraina Qurolli kuchlari zonasidagi» rossiyalik harbiylarga yuborishga va’da berdi. Qodirov, shuningdek, avtomobil uchun Ilon Maskka rahmat aytib, uni Grozniyga taklif qildi.

Foto: Videodan kadr
Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov AQShning Tesla kompaniyasi ishlab chiqargan Cybertruck elektromobilini haydagani aks etgan videoni e’lon qildi.
Qodirov o‘zining Telegram kanaliga yozishicha, elektropikapni «hurmatli Ilon Maskdan qabul qilib olishgan». Shuningdek, u avtomobilning manyovrchanligi va «ajoyib tezligini» maqdab, Cybertruck’ni «Ukraina Qurolli kuchlari zonasidagi» rossiyalik harbiylarga yuborishga va’da berdi.
Ramzan Qodirov e’lon qilgan videoda ko‘rish mumkinki, transport vositasining tom qismiga pulemyot o‘rnatilgan.
«Ilon Maskka samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Bu, albatta, zamonamizning eng kuchli dahosi va mutaxassisi. Buyuk inson! Ilon, rahmat! Grozniyga kel, seni aziz mehmonimdek qabul qilaman», — deb yozadi Qodirov.
Amerikalik milliarder Ilon Maskning o‘zi esa Checheniston rahbariga qilgan sovg‘asi haqida hozircha hech narsa degani yo‘q.
Cybertruck — bu Tesla’ning pikaplar bozoriga kirishga birinchi urinishi bo‘lib, ular Texasning Ostin shahrida ishlab chiqariladi. Tesla 2023 yil noyabr oyida 60990 dollarga oldindan buyurtma orqali Cybertruck yetkazib berishni boshlagan edi.
Mavzuga oid

22:28 / 09.03.2025
Yil boshidan beri Ilon Maskning boyligi 100 mlrd dollarga kamaydi

16:11 / 09.03.2025
Ilon Mask ukrainalik 10 nafar oligarxga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifini berdi

20:30 / 08.03.2025
Ilon Mask Oq uyda davlat kotibi Marko Rubio bilan janjallashdi – OAV

18:48 / 08.03.2025