Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask ukrainalik 10 nafar oligarxga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifini berdi
Amerikalik biznesmen sanksiyalarni birinchi navbatda Monakoda koshonalari bor oligarxlarga nisbatan joriy etish kerakligini ta’kidladi.

Foto: REUTERS
Milliarder va AQSh Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) boshlig‘i Ilon Mask ukrainalik o‘n nafar oligarxga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifini ilgari surdi. Biznesmen aynan kimlarga qarshi cheklovlar joriy etish kerakligiga oydinlik kiritmagan.
«O‘n nafar ukrainalik oligarxga qarshi sanksiyalar joriy eting, ayniqsa, Monakoda koshonalari borlarga qarshi va bu zudlik bilan to‘xtaydi. Jumboqning kaliti shu», — deb yozadi Mask. Bu haqda u Oq uy oldida yoyilgan ulkan Ukraina bayrog‘i videosi muallifining postiga javoban yozib qoldirdi. Shuningdek, Mask ushbu aksiyani kim moliyalashtirgani va u qanchaga tushgani to‘g‘risidagi savolni o‘rtaga tashladi.
Bundan tashqari, Ilon Mask Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tizimi — bu «Ukraina armiyasining tayanchi» ekanini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tizimning o‘chirib qo‘yilishi front chizig‘ida Ukraina Qurolli kuchlarining halokatiga olib keladi. Ukraina bo‘linmalari jangovar harakatlar amalga oshiriladigan hududlar bilan aloqani ta’minlashda Starlink’dan foydalanmoqda.
2021 yilda AQSh ukrainalik biznesmen Igor Kolomoyskiy hamda uning oilasiga qarshi sanksiyalar qo‘llagan. Tadbirkor Dnepropetrovsk oblasti gubernatori lavozimida o‘tirganida korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblangan. 2025 yil fevralda Odessa meri Gennadiy Truxanovga nisbatan ham sanksiyalar qo‘llash imkoniyati ko‘rib chiqilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Amerika tomonining hisoblashicha, merning Odessadagi jinoiy guruhlarga aloqadorligi bor, shuningdek, to‘rtta ofshor kompaniyaning katta miqdordagi aksiyalariga egalik qiladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

18:02 / 14.07.2025
SpaceX Maskning sun’iy intellekt kompaniyasiga 2 mlrd dollar investitsiya kiritadi

21:29 / 10.07.2025
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi

22:16 / 09.07.2025
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi

17:42 / 09.07.2025