Toshkentda Zeekr avtomashinasi yo‘l chetidagi avtobus bekatiga borib urildi

Jamiyat 08:22 / 16.08.2024 3701

Joriy yilning 15 avgust kuni soat 15:50 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi Minor metro bekati qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan A.Sh. Zeekr rusumli avtomashinasi harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi avtobus bekatiga urilgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: