Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘plab avtobus bekatlari talabga javob bermaydi – Raqobat qo‘mitasi
Raqobat qo‘mitasi O‘zbekiston bo‘ylab 2800 ta avtobus bekatlarini tanlanma usulida tekshirdi. Ularning ko‘pchiligida kutish zallarida elektr yoritgichlar yo‘qligi, nogironlar uchun maxsus ko‘tarma panduslar o‘rnatilmagani, yo‘lovchilar issiq va sovuq havodan himoyalanmagani aniqlandi.
Respublika bo‘ylab o‘rganish ishlari davomida 2800 dan ortiq avtobus bekatida qator kamchiliklar aniqlandi, deya xabar berdi Raqobat qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tanlanma usulida 2800 tadan ortiq bekat faoliyati o‘rganib chiqilgan. O‘rganishlarda belgilangan normalarga nomuvofiq faoliyat ko‘rsatayotgan ba’zi bekatlarda quyidagi kamchiliklar aniqlangan:
- 286 ta holatda kutish zallarining uchta tomoni maxsus to‘siqlar bilan yopilmagani sababli yo‘lovchilar issiq va sovuq havodan himoyalanmagan;
- 210 ta holatda kutish zallarida savdo shoxobchalari joylashtirilgan;
- 387 ta holatda nogironlar uchun maxsus ko‘tarma panduslar mavjud emas;
- 412 ta holatda kutish zallarida elektr yoritgichlar o‘rnatilmagan;
- 57 ta holatda yomg‘ir, qor va shamolli kunlarda yo‘lovchilar uchun pavilon mavjud emas;
- 156 ta holatda bekat nomi yozilgan ko‘rsatkich qo‘yilmagan;
- 255 ta holatda yo‘nalishning tartib raqami mavjud emas.
Qo‘mita aniqlagan kamchiliklarni bartaraf etish uchun Transport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklariga tegishli ko‘rsatmalar yuborgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?
Jahon | 21:27
-
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 21:25
-
Ukrainada «Neptun» raketasiga oid maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga uringan xitoylik josuslar ushlandi
Jahon | 21:14
-
AQSh armiyasi Patriot raketalari xaridini to‘rt baravar oshirdi
Jahon | 21:13
Mavzuga oid

16:44
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

16:07 / 03.07.2025
Raqobat qo‘mitasi Kia Sonet reklamasidagi qonunbuzilish sabab Roodell'ni jarimaga tortdi

14:32 / 30.06.2025