14 avgust kuni Toshkent shahridagi «L-Parkenskiy-1» elektr tarmog‘i va «Lafarga» podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning oqibatida Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumani iste’molchilari qisman (3 140 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.
Energetika vazirligi soat 21:56 holati bo‘yicha nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilayotganini va qisqa vaqt ichida bartaraf etilishini bildirdi va keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.
Soat 00:36 da ushbu tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklar to‘liq bartaraf qilinib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.