Toshkent viloyatida o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda 9-sinf o‘quvchisi informatika o‘qituvchisi tomonidan kaltaklagani videosi tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan izoh berdi.

Foto: Videodan kadr
Bolalar ombudsmani Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida maktab o‘quvchisi o‘qituvchi tomonidan kaltaklangani yuzasidan ma’lumot berdi.
O‘quvchining kaltaklanishi tasvirlangan holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Aniqlanishicha, joriy yilning 9 oktabr kuni Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 6-umumta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi M.A. (1990 yilda tug‘ilgan erkak) mazkur fandan qo‘shimcha dars o‘tayotgan vaqtida 9-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan Q.S. (2009 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) dars jarayonida o‘qituvchini go‘yoki chalg‘itgani tufayli o‘qituvchi Q.S.ni haqorat qilib, urib do‘pposlagan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Voyaga yetmagan Q.S.ga nisbatan jarohat darajasini aniqlash bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Avvalroq O‘rta Chirchiqda 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklangani, Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

13:58 / 29.04.2025
Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchi qizni kaltakladi

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

07:40 / 16.04.2025