Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon video va suratlarni qayta ishlashga qodir sun’iy intellekt modelini taqdim etadi
Amazon matn, surat va video bilan ishlashga qodir o‘zining generativ sun’iy intellekt tizimini ishlab chiqdi, deb xabar beradi The Information.

Foto: Reuters
Qayd etilishicha, ushbu yangilik kompaniyaga Anthropic startapi mahsulotlariga bo‘lgan bog‘liqligini kamaytirishga xizmat qiladi. Anthropic’ning Claude chatboti Amazon Web Services platformasida ancha mashhur ilova hisoblanadi.
Olympus kodli nomi ostidagi yangi katta til modeli suratlar va videodagi obektlarni tanishga qodir, masalan, u matnli so‘rov bo‘yicha basketbol o‘yini videosidagi kerakli lahzani topishga yordam beradi.
Bundan oldin Amazon OpenAI’ning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Anthropic kompaniyasiga yana 4 milliard dollar sarmoya kiritishi ma’lum bo‘lgandi. Sentyabr oyida Amazon ushbu startapga sarmoya yo‘naltirdi va generativ sun’iy intellekt texnologiyasi ortidan pul ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Olympus bulutli platformalar mijozlari uchun keyingi hafta o‘tkaziladigan AWS re:Invent konferensiyasida taqdim etilishi mumkin.
«Amazon o‘z xatti-harakatlari orqali Google, Microsoft va OpenAI generativ sun’iy intellekt sohasida shubhasiz yetakchi degan fikrga barham bermoqchi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Amazonʼning Yaponiyadagi shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Amazon Japan antimonopoliya qonunchiligini buzishda gumonlanmoqda. Kompaniya chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilarni o‘z tovarlari narxini arzon ko‘rsatishga majburlab kelgan bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14
-
Toshkent shahri IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00
-
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi
Jahon | 22:56
Mavzuga oid

18:30 / 27.07.2025
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda

23:45 / 24.07.2025
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi

15:35 / 17.07.2025
Toshkentda UzFace fuqarolarni aniqlash tizimi sinov tariqasida joriy etilishi mumkin

23:22 / 15.07.2025