Rossiya ukrainlar hujumi tufayli Ukrainadan qo‘shinlari bir qismini olib chiqadi

Jahon 09:12 / 14.08.2024 10016

Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi munosabati bilan Rossiya o‘z qurolli kuchlari bir qismini Ukrainadan olib chiqib ketmoqda. Bu haqda 13 avgust, seshanba kuni Amerika rasmiylariga tayanib, The Wall Street Journal nashri yozdi. Nashr qayd etishicha, bu Kiyevning bostirib kirishi Moskvani o‘z kuchlarini qayta to‘plashga majbur qilayotgani birinchi belgisidir. 

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hali ham bu qadamning Rossiya uchun ahamiyatini aniqlashga harakat qilmoqda. Nashr manbalari, Vashington ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi qancha qo‘shinni olib chiqib ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Shu bilan birga, AQSh ushbu bahosi Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga kutilmagan bostirib kirishi Rossiya qo‘shinlarini Ukrainadan uzoqlashtirgani, u yerda Moskva jonli kuch va texnika bo‘yicha ustunligi unga bir necha joylarda oldinga siljish imkonini bergani haqidagi Ukraina rasmiylari bayonotlarini mustahkamlaydi. 

Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi 

Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi operatsiyasi 6 avgust kuni boshlandi. Korenev, Sudja va Belovskiy tumanlarida janglar ketmoqda. Gubernator vazifasini bajaruvchi 12 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari o‘z viloyatidagi 28 ta aholi punktini nazorat qilayotganini tan oldi. Ukraina qurolli kuchlari Rossiyada 74 aholi punkti va 1000 kvadrat kilometrdan ortiq hududni nazoratga olganini ma’lum qildi.

Kursk oblastidagi harbiy amaliyotda «minglab» ukrainalik harbiylar ishtirok etmoqda. Bu haqda Ukraina xavfsizlik sohasidagi ismi oshkor etilmagan yuqori martabali xodimga tayanib, AFP xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumning maqsadi - Rossiya kuchlarini «cho‘zish» va mamlakatni «beqarorlashtirish».

Ko‘proq yangiliklar: