O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston Respublikasiga tashrif doirasida Qozog‘iston davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va ko‘p tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Asosiy yo‘nalishlarda yaqindan muloqotni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash istiqbollari, jumladan, madaniy va xalq diplomatiyasi sohasida, shuningdek, axborot siyosati borasida hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.