Qashqadaryoning Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tumanlari hokimlari tomonidan qabul qilingan ko‘plab qarorlarda qonunga zid holatlar aniqlangan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Raqobat qo‘mitasi viloyat va tuman hokimliklarida 10 mingdan ortiq normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borgan.
O‘rganishlar jarayonida Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Muborak tumanlari hokimliklarida 19 ta holatda tovar yoki moliya bozorida raqobatni cheklashga hamda iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitilishiga olib keluvchi normativ-huquqiy va boshqa turdagi hujjatlarni qabul qilingani aniqlangan. Oqibatda, «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilgan.
Ta’kidlanishicha, tuman hokimliklariga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan taqdimnomalar kiritilgan.