Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dohada HAMAS yetakchisining dafn marosimi oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Qatar poytaxtidagi bir qator ko‘cha va shohko‘chalar harakat uchun yopilgan, juma namozi va janoza marosimlari bo‘ladigan masjid atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Foto: Picture Alliance
Tehrondagi suiqasdda halok bo‘lgan Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning dafn marosimi oldidan Dohada kuchaytirilgan choralar ko‘rildi.
Hamad xalqaro aeroportida tundan beri poytaxtga turli davlatlardan vakillar kelishi sababli uzun navbatlar kuzatilmoqda.
Dohadagi bir qator ko‘cha va shohko‘chalar transport harakati uchun yopilgan, juma namozi va janoza marosimi bo‘ladigan Muhammad bin Abdulvahhob masjidi atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Masjid atrofiga ko‘plab mahalliy va xorijiy matbuot vakillari ham to‘plangan.
Ismoil Haniyaning jasadi juma namozi va vidolashuv marosimidan keyin dafn etiladi.
Tehronda HAMAS yetakchisining o‘ldirilishi
Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Eron yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga kelgandi.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtida Ismoil Haniya qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Eron va HAMAS Isroilni qotillikni uyushtirganlikda aybladi. Biroq Isroil rasmiylari voqeaga izoh berishdan o‘zlarini tiyib turibdi.
Ismoil Haniya 2017 yil 6 may kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylangan edi. U bu lavozimda Xolid Mashaal o‘rnini egalladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

21:41 / 18.02.2025
Hamas G‘azo boshqaruvini topshirishga rozi. Bu amalga oshadimi?

00:03 / 12.02.2025
Netanyahu garovdagi isroilliklar ozod etilishi bo‘yicha Hamasga ultimatum qo‘ydi

08:00 / 11.02.2025
Tramp garovga olinganlarni qaytarishdan bosh tortgani uchun Hamasga «jahannam» bilan tahdid qildi

13:58 / 03.02.2025