Tramp garovga olinganlarni qaytarishdan bosh tortgani uchun Hamasga «jahannam» bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti, agar Hamas shanba kuni tushgacha barcha garovdagilarni qaytarmasa, Isroil bilan sulh bitimini bekor qilishni taklif etdi.

Foto: Ali Hamad / Apaimages / Keystone Press Agency / Global Look Press
AQSh prezidenti Donald Tramp 11 fevral, seshanba kuni Hamas harakatidan barcha isroillik garovga olinganlarni shanba kuni tushgacha ozod qilishni talab qildi. «Agar shanba kuni soat 12:00 ga qadar barcha garovga olinganlar qaytarilmasa, men (o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni) bekor qilish vaqti keldi, deb hisoblayman va bu jahannamni keltirib chiqaradi», — dedi Tramp.
Bir kun avval Hamas vakillari Isroil sulh shartlariga rioya qilmagani sababli 15 fevralga belgilangan garovga olinganlarni Isroilga topshirishni keyinga qoldirish niyatida ekanliklarini ma’lum qilgan edi. Isroil tomonidan taxmin qilingan qonunbuzarliklar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: falastinliklarning G‘azo sektori shimoliga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik, chodirlar, yoqilg‘i, dori-darmon va vayronalarni tozalash uchun jihozlarning kirishiga to‘sqinlik qilish.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats Hamasning qarorini tomonlar erishgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni «to‘liq buzish» deb atadi va G‘azo sektoridagi TSAHAL kuchlarini to‘liq jangovar shay holatga keltirdi.
TSAHAL G‘azo sektori hududida jangovar shay holatga keltirildi
Hamas harakatining isroillik garovga olinganlarni topshirishni to‘xtatish haqidagi bayonoti ortidan Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) to‘liq jangovar shay holatga keltirildi. Bu haqda 10 fevral kuni mamlakat mudofaa vaziri Israel Kats ma’lum qildi va Hamasning qarorini tomonlar ilgari erishgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini «butunlay buzish» deb atadi.
G‘azo sektori hududi mudofaa uchun qo‘shimcha kuchlar bilan mustahkamlangan, askarlar va qo‘mondonlik bo‘linmalarining ta’tillari kechiktirildi va kuchlar turli ssenariylarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, dedi TSAHAL matbuot kotibi.
Avvalroq Hamas rasmiylari 15 fevralga rejalangan garovga olinganlarni Isroilga topshirishni sulhga rioya qilinmagani sababli keyinga qoldirishini ma’lum qilgan edi. Isroil tomonidan taxmin qilingan qonunbuzarliklar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: falastinliklarning G‘azo sektori shimoliga qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik, chodirlar, yoqilg‘i, dori-darmon va vayronalarni tozalash uchun jihozlarning kirishiga to‘sqinlik qilish.
Mavzuga oid

20:32
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

01:10
Tramp: Ukraina AQSh yordami bilan ham omon qolmasligi mumkin

19:14 / 09.03.2025
Tinchlik metallari: AQSh, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi resurs kelishuvining nimasi g‘alati?

01:44 / 08.03.2025