Tizimda kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi, deb ma’lum qildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Ro‘yxatda davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shaklidagi suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik birlashmalar nomlari ko‘rsatilgan.
Bunda ro‘yxatda keltirilgan tashkilotlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar 2024 yil 1avgustdan 15 avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Shuningdek, talabgorlar bilan suhbat o‘tkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 675-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.