1 mlrd so‘mlik sintetik giyohvand moddalarni saqlab kelgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 07:22 / 23.07.2024 6570

Toshkent viloyati IIBB va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1 milliard so‘mlik sintetik giyohvandlik vositasini tarqatish (sotish) maqsadida saqlab kelayotgan shaxs qo‘lga olindi

2002 yilda tug‘ilgan shaxs (A.T.) o‘zining Tracker avtomashinasida og‘irligi 1 kg 433 gr bo‘lgan “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlandi.

22 yoshli shaxs mazkur sintetik vositani bo‘laklarga bo‘lib, kontaksiz manzil (“zakladka”) orqali sotishni rejalashtirgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: