Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni rasvo qilyapti” – Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziriga ko‘ra, sohani nazoratda ushlash kerak, boshqa imkoni yo‘q. “Men [erkinlik] bermaylik demoqchi emasman, men taqiqlarga mutlaq qarshiman. Lekin erkin odamning intellekti shunga loyiq bo‘lishi kerak. U 4 devorning ichida ham jinoyat qilmasligi kerak, ana o‘sha kun kelganda erkinlikni kerak bo‘lsa majburlab beramiz”, – dedi vazir.

AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov anchadan beri muhokamalarga sabab bo‘layotgan savol: “madaniyat sohasida davlat regulyator bo‘lmasligi, vazirlik yopilishi kerakligi”ga javob berdi.
“Bu fikrning oyog‘i Amerikada turibdi. Baraka topkurlar, oyog‘ingizni ota-onangiz bosgan izga qo‘ying-da, bu savol chiqmaydi [keyin] sizda. Boya tushuntirdim, madaniyat sohasi – qush, buni shunday [siqib] ushlash kerak, boshqa imkoni yo‘q. Ochsangiz ham manfaat bermaydi, faqat buzg‘unchilik olib kiradi. Dunyoni ko‘ringlar, sog‘lom odamsizlar-ku.
Erkinlik berib yuborilgan joyda san’atkorlar hamma yerni buzyapti-ku, rasvo qilib yuboryapti-ku. Shuning uchun men [erkinlik] bermaylik demoqchi emasman, taqiqlarga mutlaq qarshiman. Lekin erkin odamning intellekti shunga loyiq bo‘lishi kerak. U 4 devorning ichida ham jinoyat qilmasligi kerak, ana o‘sha kun kelganda erkinlikni bemalol majburlab beramiz, kerak bo‘lsa. “Yo‘q, bo‘lmayman” desa ham, “yo‘q, sen erkin yashashing kerak” deymiz. Lekin bugun butun jamiyat shunga loyiq deb aytolmaymiz-ku. Bu savolni vijdonimizga qo‘yaylik”, – dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, shu yil yozda o‘tgan “Lolazor” podkastining sonlaridan birida iqtisodchi Behzod Hoshimov O‘zbekistonda ixcham va samarali davlat boshqaruvini tashkil etishda qaysi vazirliklarni saqlab qolib, qaysilarini tugatish kerakligi haqidagi fikrlarini bildirgandi. Yopilishi kerak bo‘lgan vazirliklar qatorida Madaniyat vazirigini ham tilga olgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

08:55 / 04.07.2025
O‘zbekistonning TURKSOYdagi vakili tayinlandi

15:43 / 01.05.2025
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi

18:38 / 28.04.2025
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi

15:03 / 15.03.2025