Tsex tashkil qilgan fuqaro 6,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi 

Jamiyat 10:00 / 17.07.2024 2665

«O‘zenergoinspeksiya» Andijon viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Unda, Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan «B.S.Z.» MChJ hududida fuqaro Y.A. ijara asosida alyumin mahsulotini qayta ishlash sexi tashkil etib, hujjatlarsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri gaz tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga 6 mlrd 782 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Ko‘proq yangiliklar: