Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi xodimlari rag‘batlantiriladi

O‘zbekiston 14:04 / 17.07.2024 1327

“Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2024 yil 1 oktyabrdan:

  • TIEK xodimlarini ular faoliyati samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) bajarilishidan kelib chiqib rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
  • ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKning vazifalari va shtat birliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKga o‘tkazgan holda tugatiladi;
  • joylardagi TIEKga pediatr, psixiatr, ftiziatr shtatlari ajratiladi.

2025 yil 1 aprelgacha quyidagi vazirlik va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbga, ta’limga va sportga yo‘naltirish tartibini ishlab chiqadi:

➖Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi – tarbiya va ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha;
➖Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – kasbga tayyorlash va yo‘naltirish bo‘yicha;
➖Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – bandlikni ta’minlash bo‘yicha;
➖Sport vazirligi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi – ommaviy sport va parasportga yo‘naltirish bo‘yicha.

Ko‘proq yangiliklar: