«Ikkinchi Oy» nomini olgan asteroid 2055 yilga borib Yerdan uzoqlashadi

Jahon 23:33 / 25.11.2024 459

2024 PT asteroidi Quyosh tomon harakatlanishni boshlaydi va 2055 yilga borib Yerdan uzoqlashadi. Bu haqda NASA markazi ma’lumotlariga tayanib, FoxNews xabar berdi.

Sentyabr oyida gravitatsion tortishish natijasida Yer 2024 RT asteroidini «tutib olishi» to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘shanda asteroid 25 noyabrga qadar Yer atrofida xuddi kichik Oy kabi vaqtincha aylanishi aytilgan edi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda 2024 RT asteroidi Yerdan 3,2 million kilometr uzoqlikda — bu Oygacha bo‘lgan masofadan to‘qqiz barobar ko‘p demak. U sayyoraning tortishish kuch doirasiga tushadigan darajada Yerga yaqin kelmadi.

Tadqiqotchilarning hisoblashicha, obekt uzoq yillar oldin asteroid bilan to‘qnashuv tufayli Oy yuzasidan ajralib chiqqan ulkan tosh bo‘lagi bo‘lishi mumkin.

U yanvar oyida Yerga oxirgi marta 1,7 million kilometrgacha yaqin keladi va shundan so‘ng asteroidni Quyoshning gravitatsion kuchi o‘ziga tortib ketadi. Diametri 10 metrni tashkil etadigan obekt bo‘lgani bois oddiy ko‘z bilan uni kuzatish imkonsiz.

Avvalroq xitoylik olimlar Yerni xavfli asteroid zarbalaridan himoya qilishning yangi usulini topgandi. Ularning ta’kidlashicha, asteroidlarning Yer bilan potensial to‘qnashuvi yuz berishi mumkin bo‘lgan ayrim vaziyatlarda faqatgina yadro quroli falokatning oldini olishga yordam berishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: