Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 18−19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Qirg‘iziston rahbari prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Tomonlar «o‘zaro manfaatli barcha sohalarda» hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Ikki davlat rahbarlari Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi madaniyat kunlarining rasmiy ochilish marosimida, shuningdek, amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalarning onlayn ishga tushirilishida ishtirok etadi.
Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi hamda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi tashkil etiladi.