Chimyonda adashib qolgan ikki fuqaro qutqarildi 

Jamiyat 10:06 / 17.07.2024 2477

Vazirlik xabariga ko‘ra, 16 iyul kuni soat 00:28 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Chimyon” yong‘in-qutqaruv otryadiga Katta Chimyon tog‘ida 2 nafar fuqaro aylangani kelib, adashib qolgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Aytilgan manzilga zudlik bilan bir guruh FVV qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. 

Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida fuqarolar sog‘-salomat topilib, soat 02:53 da xavfsiz hududga olib tushilgan. 

Tan jarohati olganlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: