Toshkentda daraxtga shikast yetkazgan ekskavator haydovchisiga 28 mln so‘m jarima qo‘llandi

Jamiyat 07:56 / 16.07.2024 5236

Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, Avliyoota ko‘chasi 124-uy oldida qurilish ishlari davomida hududdagi tuproqlarni olib chiqish vaqtida ekskavator haydovchisi B.B.ning ehtiyotsizligi oqibatida bir tup zarang daraxtiga shikast yetkazilgan.

Shikastlangan daraxt avariya holatiga kelib qolgan va haydovchi daraxtni qo‘porgan.

Ushbu holat yuzasidan huquqbuzar B.B.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 28 million 390 ming so‘m jarima qo‘llandi.

Ko‘proq yangiliklar: