O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida yangi qo‘shma ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi

O‘zbekiston 11:19 / 15.07.2024 910

Joriy yilning 10-12 iyul kunlari O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi Shuhrat Otaxonov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Polshada bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Polsha fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Anjyey Sheptitskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Muzokaralarda akademik almashinuvlar, ilmiy tadqiqotlar va ikki tomonlama o‘quv dasturlari yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik sezilarli yaxshilangani ta’kidlandi. Shuningdek, universitetlararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangi tashabbuslar xususida fikr almashildi.

Safar davomida Polsha va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida davra suhbatida ham tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston-Polsha universitetlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, yangi qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: