Jismoniy shaxslarni tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish tartibi soddalashadi 

O‘zbekiston 13:16 / 15.07.2024 1468

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi:

jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish;
jismoniy shaxs doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganda yangi manzildagi davlat tibbiyot muassasasiga kompozit shaklda hisobga qo‘yish;
davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali murojaat qilish.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025 yil 1 yanvarga qadar:

qaror bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq davlat xizmatini ko‘rsatish YaIDXP orqali joriy etilishini ta’minlaydi;
YaIDXPda davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi.

Adliya vazirligi:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatilish faoliyati ustidan, shu jumladan, YaIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring o‘rnatadi;
qaror bilan tasdiqlangan reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llaydi.

Ko‘proq yangiliklar: