Ish haftasi oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

O‘zbekiston 14:44 / 15.07.2024 8890

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek bugun kunduzi Xorazm, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati +32...+35 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +36...+39 darajagacha bo‘ladi.

So‘ngra ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim tog‘ oldi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati faqat 2-3 darajaga ko‘tariladi va +34...+37 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +38...+40 darajagacha bo‘ladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 15-16 iyulda ayrim joylarda ba’zida 18-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda bugun va ertaga asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 15 iyuldan 16 iyulga o‘tar kechasi va 16 iyulda ertalab shahar bo‘yicha ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17-19 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 15-16 iyulda 10-13 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bugun va ertaga +32...+35 daraja, 17-19 iyulda +35...+37 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: