Hujjat bilan quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- lisenziat yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) faqat Favqulodda vaziyatlar vazirligining obektning (omborning) yong‘in va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosasi mavjud bo‘lganda saqlashga majbur. O‘zgartirishlar Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti va Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarga kiritildi;
- litsenziyalar reyestrida bojxona (erkin) omborida yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash uchun obektning (omborning) yong‘in va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan olingan xulosa raqami va sanasini ko‘rsatish lozim;
- endilikda, litsenziya berishda kelishiladigan organlarga, boshqalar qatorida, FVV hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi kiradi;
- tovarlarni saqlash uchun mo‘ljallangan joy haqida bo‘lgan ma’lumotlarga yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalarni (mahsulotlarni) saqlash ko‘zda tutilsa, obektning (omborning) yong‘in va sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosa olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiradi;
- O‘zbekistonda xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarining 51-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirildi:
- - yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) ortilgan avtotransport vositalari shartnoma asosida hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining yo‘l-patrul xizmati tomonidan kuzatib boriladi;
- - yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) ikkitadan ortiq avtotransport vositasida kolonna bo‘lib yo‘l-patrul xizmatining ikkita patrul avtomashinalari kuzatuvida tashiladi.