Madrimov – Krouford jangi promo-roligi e’lon qilindi. Bahs 3 avgust kuni Los-Anjyelesda o‘tkaziladi

Sport 10:01 / 13.07.2024 5597

3 avgust kuni AQShning Los-Anjyeles shahrida o‘tkaziladigan jang oldidan ushbu bahsni translatsiya qiladigan DAZN telekanali promo rolik tayyorladi. Unda 29 yoshli o‘zbekistonlik va 36 yoshli amerikalik bokschilarning bu janggacha faoliyati sahnalashtirilgan.

«Krouford va Madrimov afsonaviy jangda to‘qnash kelishadi. Aminmanki, bu jang yengilmas Krouford uchun ham faoliyatidagi eng qiyin sinovlardan biriga aylanadi», - deya yozadi Saudiya Arabistoni ko‘ngilochar ishlar ishlar bo‘yicha departament raisi Turki ash-Shayx.

Ma’lumot uchun, amerikalik 36 yoshli charmqo‘lqop ustasi professional faoliyatida 40 ta jang (31 nokaut) o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Yengilmas Krouford so‘nggi bor 2023 yil iyul oyida hamyurti Errol Spensni muddatidan avval mag‘lub etgandi. 

Madrimov esa shu yilning mart oyida rossiyalik Magomed Qurbonovdan ustun kelib, WBA kamarini qo‘lga kiritdi.

Ko‘proq yangiliklar: