Xorazmda pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat 08:27 / 10.07.2024 3120

Xorazmda pul evaziga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Tuproqqal’a tumani bo‘limlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bo‘limi boshlig‘i Sh.S. fuqaro J.K.ni tanishlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida ham 3 000 dollar evaziga IIV akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlangandi.  

Ko‘proq yangiliklar: