“Navoiyuran” davlat korxonasida “qora slanets” konlarining 3D modellari yaratiladi

Jamiyat 15:05 / 10.07.2024 3442

Korxona bosh direktori Jamol Fayzullayev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, 2024 yilning 2-yarim yilligida 1 689 ming metr texnologik burg‘ilash, geologiya-qidiruv ishlari uchun jami 906 ming metrdan ortiq burg‘ilash ishlarini bajarish, geologiya-qidiruv ishlari natijasida uran  zaxiralarini 2024 yil yakuni bo‘yicha jami 8 025,0 tonna va uranning bashorat resurslarini 10 ming tonnaga o‘stirish belgilangan. Shimoliy Bukinoy, Aktau, Aulbek, Nurkon, Moybuloq konlari bo‘yicha yakuniy geologik hisobotlar tuzilib, Davlat zaxiralari komissiyasida jami 22 000 tonna uran zaxiralarini tasdiqlash rejalashtirilgan.

Xususan, yil yakuniga qadar 23 ta burg‘ilash uskunasini olib kelishni hamda dizel elektr stansiyalarini va boshqa zarur tovar moddiy boyliklarini xarid qilinishini tezlashtirish, Uran ishlab chiqarish zavodidagi pechni qayta rekonstruksiya qilish bo‘yicha zarur bo‘ladigan ehtiyot va butlovchi qismlar olib kelish va qisqa muddatda foydalanishga topshirish, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Xitoyning CNUC kompaniyasi bilan imzolangan Strategik kelishuvga muvofiq qabul qilingan “Yo‘l xaritalari” ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, xalqaro kompaniyalar bilan geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma korxonani tashkil etish, “Ma’danli”, “Jantuar” va “Koscheka” konlari ma’danlarini qayta ishlashning optimal texnologiyasini ishlab chiqish maqsadida xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tajriba-sinov ishlarini olib borish bo‘yicha texnologik namunalarni xitoylik hamkorlarga jo‘natish, geologiya-qidiruv ma’lumotlarini raqamlashtirish bo‘yicha “qora slanes” turdagi “Jontuar”, “Koscheka” hamda “Ma’danli” konlarining 3D modellarini yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarini onlayn kuzatib borish bo‘yicha raqamli texnologiyalar joriy etiladi.

Korxonada uran ishlab chiqarish rejasi 110 foizga bajarildi, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 112 foizni tashkil etdi. Geologiya ‑ qidiruv ishlar prognoz ko‘rsatkichi 122 foizga bajarilib, o‘sish sur’ati 157 foizni, mahsuldor eritmalarni qayta ishlash hajmi 122 foizga, o‘sish sur’ati 111 foizga va uran qazib olish 111 foiz o‘sish sur’ati bilan 105 foizga bajarilgan.

Ko‘proq yangiliklar: