2024 yilda “Navoiyuran” O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilar top-3 taligiga kirdi
O‘zbekistondagi tabiiy uran ishlab chiqaruvchi yagona sanoat korxonasi "Navoiyuran" DK o‘tgan 2024 yilda 4 trln 607,1 mlrd so‘m soliq to‘ladi.

Foto: Navoiyuran
Soliq qo‘mitasi 2024 yilda 949 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 123,3 trln so‘m soliq tushumlari amalga oshirilgan haqida xabar qilgandi. Shundan 70,2 trln so‘m davlat ulushi mavjud top-10 ta eng yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Xususan, O‘zbekistondagi tabiiy uran ishlab chiqaruvchi yagona sanoat korxonasi bo‘lgan "Navoiyuran" DK 2024 yilda 4 trln 607,1 mlrd so‘mlik soliq to‘lovlarini amalga oshirdi.
O‘tgan yilda korxona tomonidan 13,7 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, o‘sish sur’ati 2023 yilga nisbatan 128,1 foizga teng bo‘lgan.
Investitsiya dasturi doirasida 125,9 mln dollarlik mablag‘ o‘zlashtirilgan. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 58,7 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilgan va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi doirasida 755,8 mlrd so‘mlik mahsulot xarid qilingan. Xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi esa mahsulot tannarxini 457,2 mlrd so‘mga kamaytirish imkonini bergan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi
Jahon | 01:52
-
HAMAS vakili Isroil bilan kelishuvga tayyor ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:00
-
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi
Jahon | 23:57 / 02.05.2025
-
Balida blekaut yuzaga keldi
Jahon | 23:18 / 02.05.2025
Mavzuga oid

19:00 / 18.04.2025
“Navoiyuran” davlat korxonasi ishlab chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajardi

19:00 / 12.04.2025
“Navoiyuran” davlat korxonasi ESG reytingini qo‘lga kiritdi

17:00 / 23.11.2024
"Navoiyuran" davlat korxonasi xalqaro kredit reytingiga ega bo‘ldi

19:00 / 30.07.2024