Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
Qoraqalpog‘istonda ta’lim tizimidagi tashkilotlar 21 ta holatda umumiy qiymati 15 mlrd 74,3 mln so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablarini buzgan.
Qoraqalpog‘iston Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi tizimidagi tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdolari bo‘yicha 21 ta holatda davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
«Davlat xaridlari tanlovlarining ba’zilarida ishtirokchilarga qo‘yilayotgan malaka talablarini baholash mezonlari ishlab chiqilmaganligi, ayrimlarida ishlab chiqilgan mezonlarda qanday holatda yuqori yoki past ball qo‘yish bo‘yicha aniq tartib belgilanmaganligi natijasida xarid komissiyasi a’zolari tomonidan ishtirokchilarga asoslantirilmagan baholar qo‘yilgan va xarid hujjatlariga muvofiq takliflarni baholash talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi», deyiladi qo‘mita xabarida.
Jumladan, quyidagi holatlarda davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan:
- Oliy ta’lim muassasalari tomonidan 16 ta holatda o‘tkazilgan tanlovlarda jami 14 mlrd 29, 5 mln so‘mlik;
- Kasb-hunar maktablari tomonidan 3 ta holatda o‘tkazilgan tanlovlarda jami 685 mln so‘mlik;
- Akademik litseylar tomonidan o‘tkazilgan 2 ta tanlovda 359,8 mln so‘mlik.
O‘rganish natijalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan begilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
-
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi
Jahon | 15:52
-
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti
Iqtisodiyot | 15:48
-
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 15:38
Mavzuga oid

21:29 / 12.09.2024
Toshkent metropoliteni donasi 100 ming dollarga teng eskalatorlar o‘rnatyapti. Bu qimmat emasmi?

08:27 / 23.08.2024
Deputatlar davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi

20:46 / 15.07.2024