Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UzAuto Motors'ning 1,3 mlrd so‘mlik tanlovida korrupsion holat aniqlandi
“Nexia 2” avtomobillarining eshigi uchun butlovchi qismlar yetkazib berish bo‘yicha 1,3 mlrd so‘mlik davlat xaridi yaqin qarindoshlarga tegishli ikkita kompaniya ishtirokida o‘tgan. Ulardan biri g‘olib, ikkinchisi zaxira g‘olibi deb topilgan. Bu haqda internetda berilgan ma’lumotni Aksilkorrupsiya agentligi tasdiqlab, ishni prokuraturaga oshirdi.

Foto: Kun.uz
“UzAuto Motors” AJ tomonidan 2024 yil 8 iyul kuni o‘tkazilgan 1,3 mlrd so‘mlik davlat xaridida yaqin qarindoshlarga tegishli kompaniyalar ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi.
Bu holatni Telegram'dagi “Revizor” kanalida berilgan xabardan so‘ng o‘rganib chiqqan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tasdiqladi.
Agentlikka ko‘ra, xarid komissiyasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning bir qator talablarini buzgan, shu sababli buyurtmachiga xarid natijalarini bekor qilish haqida taqdimnoma kiritilgan.
“O‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar aybdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi”, deyiladi rasmiy axborotda.
UzAuto Motors izohiga ko‘ra, holat “Nexia 2” avtomobilining eshiklari uchun butlovchi qismlar xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan. Kompaniya etender.uzex.uz platformasida tanlov o‘tkazilgani, lekin hech qaysi ishtirokchi bilan shartnoma tuzilmaganini bildirdi.
“Revizor”ning yozishicha, tanlovga jami ikkita talabgor tijorat taklifini bildirgan bo‘lib, xarid komissiyasining 8 iyul kungi bayonnomasiga muvofiq eng yaxshi taklifni aniqlash orqali 1,3 mlrd so‘m narx taklifi bilan “Eko Tsem Komplekt Oborudovanie” MChJ tanlash g‘olibi, “Eko Lit Metall” MChJ esa zaxira g‘olibi deb topilgan.
Ochiq manbalarga ko‘ra, zaxira g‘olibi “Eko Lit Metall”ning rahbari va yagona ta’sischisi hisoblanuvchi Mutalipov Anvarjon Abdurahim o‘g‘li – bir vaqtlar “Eko Tsem Komplekt Oborudovanie” MChJning 50 foiz ulushiga egalik qilgan bo‘lishi mumkin.
Tanlov g‘olibi bo‘lgan “Eko Tsem Komplekt Oborudovanie”ning yagona ta’sischisi sifatida Asqarova Feruza Imyaminjonovna, korxona rahbari sifatida Asqarov Abdurahim Mutalovich ko‘rsatilgan.
Bu ikki kompaniya rahbar va ta’sischilarining ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari ular o‘zaro yaqin qarindosh bo‘lishi mumkinligiga ishora qiladi. Aksilkorrupsiya agentligi bu taxminni tasdiqlagan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyadagi yangi urush. Duruzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji
Jahon | 20:26
-
Qamoqdan ozod etilganlarga bir martalik nafaqa berish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 20:25
-
Uzcard va “Elkart” O‘zbekiston va Qirg‘izistonni transchegaraviy pul o‘tkazmalari xizmati bilan bog‘ladi
Jamiyat | 20:00
-
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar 600 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekiston | 19:58
Mavzuga oid

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi

11:30 / 05.03.2025