Deputatlar davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
Hujjat xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bilan bog‘liq davlat mudofaa buyurtmasi masalalari bo‘yicha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Foto: Kun.uz
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 20 avgust kuni bo‘lib o‘tgan majlisda «Davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risida»gi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.
Qonun loyihasi «maqsad va vazifalarni belgilash, uni shakllantirish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning yagona huquqiy mexanizmini yaratish, davlat organlarining vakolatlarini aniqlashtirish va ularning o‘zaro munosabatlarini tartibga solish zarurati»dan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan.
Hujjat xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bilan bog‘liq davlat mudofaa buyurtmasi masalalari bo‘yicha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Qonun loyihasida davlat mudofaa buyurtmasi sohasidagi asosiy tushunchalar, maqsad va vazifalar, sohani davlat tomonidan tartibga solish, davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish, maxfiylik tartib-taomillarini belgilash nazarda tutilgan.
Hujjatni ishlab chiqish prezidentning 2023 yil 31 yanvardagi farmonida nazarda tutilgandi. Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligiga qonun loyihasini ishlab chiqib, 1 martga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilgan.
Mavzuga oid

21:51 / 04.03.2025
Yevropani 800 milliard yevrolik qayta qurollantirish rejasi taklif etildi

23:25 / 02.03.2025
YeK rahbari Yevropani qayta qurollantirish rejasini taqdim etishga va’da berdi

19:19 / 27.02.2025
Qaysi mamlakatlar harbiy sohaga eng ko‘p mablag‘ sarflaydi?

02:30 / 26.02.2025