Qamchiq dovonida yuk mashinasi YTHga uchrab, majaqlanib ketdi

Jamiyat 11:46 / 25.06.2024 17421

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida tez harakatlangan yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Oqibatda yuk mashinasi majaqlanib ketgan.

Guvohlarning yozishicha, hodisa 2024 yil 23 iyun kuni kunduzi Namangan viloyati hududida sodir bo‘lgan. Turkmanistonga tegishli yuk mashinasi dovondagi yo‘ldan pastga tushayotganda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda, katta tezlikda harakatlangan yuk mashinasi yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilgan. Haydovchi hodisa joyida halok bo‘lgani aytilmoqda.

Kun.uz hodisa yuzasidan izoh olish uchun IIV JXD YHXX axborot xizmatiga murojaat qildi. Biroq ma’lumot olishning iloji bo‘lmadi.

Ko‘proq yangiliklar: