8 yanvar kuni tushdan so‘ng Qamchiq dovonidagi zaxira yo‘lning taqiqlangan qismiga qorda uchish uchun sayohat qilgan guruh bilan fojia yuz berdi.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, guruhda jami 8 kishi bo‘lgan, ulardan biri – 31 yoshli fuqaro yo‘lning chetroq qismida selfi qilayotgan vaqtda yiqilib tushgan. Yordam bermoqchi bo‘lgan yana bir sherigi uning oldiga tushgach, ularning ustidan bir necha metrlik qor uyumi bosib qolgan. Natijada fuqarolar vafot etgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatni Kun.uz'ga tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat Toshkent-Andijon-O‘sh avtomobil yo‘lining 141-kilometrida sodir bo‘lgan. Ushbu hudud zaxira yo‘l bo‘lib, faqat maxsus texnikalar uchun harakatlanish mumkin bo‘lgan. FVV qutqaruvchilari sheriklarining chaqiruvidan so‘ng darhol yetib borgan. Hozirda jasadlar olib chiqilgan.